Rassom asarlarida tuygʻular tugʻyoni
Toshkent Fotosuratlar uyida yosh rassom Madina Akmalxonovaning “Tuygʻular tugʻyoni” nomli shaxsiy koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi.
Toshkent Fotosuratlar uyida yosh rassom Madina Akmalxonovaning “Tuygʻular tugʻyoni” nomli shaxsiy koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi.
– Atrofni qanday koʻrsam, uni oʻz holicha tasvirlashga harakat qilaman, – dedi M.Akmalxonova. – Hozirgacha rang-tasvir sirlarini chuqur egalladim, deya olmayman. Oʻz ustimda tinimsiz ishlayman. Oʻzimga nisbatan juda qattiqqoʻlman. Koʻproq sohamga oid kitoblarni oʻqiyman, rassomlar hayoti aks etgan badiiy asarlarni mutola qilaman. Maqsadim – buyuk rassomlar hayotidan saboq olish, tasviriy sanʼat sirlarini yana-da mukammal egallash. Kelajakda oʻzimning shinam shaxsiy ustaxonam boʻlishini orzu qilaman. Shu bilan birgalikda, rang-tasvir ilmini oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga saboq berishni oʻz oldimga maqsad qilib qoʻyganman.

Madina hali yosh boʻlishiga qaramasdan koʻplab nufuzli tanlovlarda ishtirok etib, gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. Sankt-Peterburg shahrida boʻlib oʻtgan “Art-Navo” festivalida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritib, oliygohga oʻqishga kirish imtiyozini qoʻlga kiritib, Nizomiy nomidagi TDPIda tahsil olmoqda. U yerdagi malakali ustozlar saboqlaridan bahramand boʻlmoqda.
Koʻrgazmada yosh rassomning 60 ga yaqin ijodiy ishi taqdim etilmoqda.