Rasman: Ayyub Buaddi “Manchester Siti” futbolchisiga aylandi
Buaddi “Manchester Siti” safida 32-raqamli futbolkada maydonga tushadi.
“Manchester Siti” tarkibini Fransiyaning “Lill” klubidan Ayyub Buaddi bilan kuchaytirdi. Angliya klubi 18 yoshli yarim himoyachining transferini rasman tasdiqladi.
Marokash milliy jamoasi a’zosi yangi klubi bilan 2031-yil yoziga qadar amal qiladigan uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Buaddi “Manchester Siti” safida 32-raqamli futbolkada maydonga tushadi.
Avvalroq ingliz klubi ushbu transfer uchun “Lill”ga 95 mln yevro to‘lashi, bonuslar hisobiga summa yana 5 mln yevroga oshishi mumkinligi xabar qilingandi.
Shu tariqa Buaddi Angliya Premer-ligasi tarixida eng katta mablag‘ evaziga transfer qilingan o‘smir futbolchiga aylanishi kutilmoqda.