Ramazon Hayiti kuni ertaga e’lon qilinadi
Bu haqda muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov tushuntirish berdi.
– Ramazon Hayiti kunini ertaga e’lon qilamiz, inshoalloh. Bu oson ish emas ekan. Chunki shuncha million musulmonning ro‘zasiga javob berishlik muftiyning gardanida. Buni Qiyomatda javobi bor. Shuning uchun bu masalaga mas’uliyat bilan yondoshyapmiz. Duo qilib tursalaringiz, inshoalloh, oyning hisobiga qarab Hayit kunining anig‘i matbuot orqali sizlarga yetkaziladi, – dedi Muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov.
Barchasi shariat qoidalariga binoan bo‘lishi va millionlab musulmonlarga eng to‘g‘ri ma’lumotni yetkazishdagi mas’uliyat sababli joriy yildan boshlab Ramazonning boshlanishi va hayitlarni aniqlanishda o‘zgacha usuldan foydalanilar ekan.
O‘zA