Rajabova Nargiza Xalimovnaning farmatsevtika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
«O‘pka saratonida bemorlarni dori vositalari bilan ta’minlanishining farmakoiqtisodiy tahlili» mavzusida
Rajabova Nargiza Xalimovnaning 15.00.03 – «Farmatsevtika ishini tashkil etish» ixtisosligi bo‘yicha «O‘pka saratonida bemorlarni dori vositalari bilan ta’minlanishining farmakoiqtisodiy tahlili» mavzusidagi farmatsevtika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent farmatsevtika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/30.12.2019.Far.32.01 raqamli Ilmiy kengashning 2024-yil 21-fevral kuni soat 13:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100015, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Oybek ko‘chasi, 45-uy, Toshkent farmatsevtika instituti.
Tel.: (99871) 256-37-38;
e-mail: info@pharmi.uz