Rajabov Maxmadiyor Baxtiyorovichning pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning fizikadan grafik tayyorgarligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (10 va 11-sinflar misolida)” mavzusida
Rajabov Maxmadiyor Baxtiyorovichning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha “Umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning fizikadan grafik tayyorgarligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (10 va 11-sinflar misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishining himoyasi Nukus davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.01/2025.27.12.Ped.09.01 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 17-oktabr kuni soat 11:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 230105, Nukus shahri, P.Seytov ko‘chasi raqamsiz uy.
Tel.: (99861) 229-40-75; faks: (99861) 229-40-75
e-mail: nkspi_info@edu.uz