"Rahbar va yoshlar" uchrashuvlari davom etmoqda
“Yoshlar forumi – 2024” tadbirlari doirasida Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanovning yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbir ochiq muloqot va savol-javoblarga boy tarzda tashkil etilib, yoshlarning ma’naviy salohiyatini oshirish hamda ijodiy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratildi.
Ochiq muloqot davomida eng yaxshi taklif va savollar mualliflari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Bu kabi uchrashuvlar oddiy tadbir emas, balki haqiqiy kelajak uchun poydevordir!
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/KUPkFTQqm7w?si=GffgSdxHgzGBZPyW" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin NURIDDINOV, Doniyor Yakubov, Anvarxo‘ja AHMEDOV(video), O‘zA