Rahbar va yoshlar uchrashuvi doirasida shaxmat musobaqasi tashkil etildi
Har bir bilimli, ma’nan yetuk yoshlar kelajagimiz bunyodkorlaridir. Davlatimiz rahbarining yosh avlodga ko‘rsatgan g‘amxo‘rligi tufayli bugun har bir sohada yoshlar o‘z o‘rniga ega bo‘lib bormoqda. Ayniqsa, ularning sport bilan shug‘ullanishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” doirasida xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, intellektual salohiyatni oshirish hamda jamoada do‘stona muhitni mustahkamlash maqsadida erkaklar o‘rtasida shaxmat musobaqasi tashkil etildi.

Tadbirda qayd etilganidek, shaxmat va shashka sport turlari yoshlar o‘rtasida intellektual salohiyatni oshirish, mantiqiy fikrlashni rivojlantirish va diqqatni jamlashni o‘rgatishda eng ommabop vositalardan biri hisoblanadi.
Musobaqa qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tdi. Ishtirokchilar o‘zlarining mantiqiy fikrlashi, strategik yondashuvi va mahoratini namoyon etdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Institut xodimi Mahmudjon Nizomov faxrli 1-o‘rinni egallab, musobaqa g‘olibi bo‘ldi.
G.Boboyeva,O‘zA