Rafinyaga APL grandlari qiziqish bildirmoqda
Rafinyaning o‘zi esa «Barselona»da qolishni istamoqda.
«Barselona»ning braziliyalik vingeri Rafinya Dias Londonning «Tottenhem» klubi transfer ro‘yxatidan joy oldi. Bu haqda El Nacional xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «shporlar» hujum chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda va Rafinyani asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rib chiqmoqda.
Shuningdek, «Tottenhem» ro‘yxatidan Kodi Gakpo ham joy olgan. Biroq «Liverpul» niderlandiyalik futbolchini sotilmaydigan o‘yinchilardan biri deb hisoblamoqda va uning transferi bo‘yicha muzokara olib borishni rejalashtirmayapti.
Rafinyaning o‘zi esa «Barselona»da qolishni istamoqda. Shu sababli uning Angliya klubiga o‘tish ehtimoli hozircha past baholanmoqda.
Braziliyalik futbolchi o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 33 ta uchrashuv o‘tkazib, 21 ta gol urdi va 7 ta assist qayd etdi.