Rafael Sitsuashvili Osiyo o‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritdi
Yaponiyada qit’amizning eng nufuzli musobaqalaridan biri bo‘lgan Osiyo o‘yinlari polvonlarimiz uchun muvaffaqiyatli o‘tmoqda.
Xususan, sport kurashlarining yunon-rum bahslarida vazni 130 kilogramm bo‘lgan Rafael Sitsuashvili so‘nggi hal qiluvchi final bosqichida eronlik Amin Mirzozoda bilan kuch sinashdi. Polvonimiz ushbu bellashuvda imkoniyatni boy berib qo‘ydi va kumush medal bilan taqdirlandi.
Ushbu medaldan so‘ng, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar 16 ta oltin, 19 ta kumush va 19 ta bronza, jami 54 taga yetdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA