Rafael Leau «Chelsi»da Pedro Netuning o‘rnini egallashi mumkin
26 yoshli Neto, mish-mishlarga ko‘ra, Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubiga o‘tish borasida kelishuvga yaqin.
«Milan» vingeri Rafael Leau «Chelsi»da Portugaliya terma jamoasidagi jamoadoshi Pedro Netoning o‘rnini egallashi mumkin.
26 yoshli Neto, mish-mishlarga ko‘ra, Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubiga o‘tish borasida kelishuvga yaqin. Jurnalist Ekrem Konurning ma’lumotlariga ko‘ra, noma’lum agent «Chelsi»ni Neto o‘rniga Leauni sotib olishga ko‘ndirishga urinmoqda. Hozircha London klubi «Milan» yulduzini transfer qilishdan qanchalik manfaatdor ekani noma’lum.
Rafael Leau avval ham bir necha bor Angliya Premyer Ligasida o‘zini sinab ko‘rish istagini bildirgan.
27 yoshli futbolchiga «Galatasaray» ham qiziqish bildirgan. Shuningdek, Leau xizmatlari «Roma»ga ham taklif qilingan.