Quyoşdan elektr, batareyadan tejam: Yevropa energetikasida yangi formula
Yevropa quyoş paneli va energiya saqlaş batareyasidan samarali foydalansa, 2030-yillarda elektr tizimini işlatiş xarajatini 40 foizgaça qisqartirişi mumkin. Buning uçun elektr tokini işlab çiqariş va saqlaş quvvati özaro muvofiqlaştirilişi zarur. BMT COP31 iqlim sammiti doirasida taqdim etilgan yangi tadqiqot mazmuni şunday.
“Schneider Electric Research Institute” mutaxassislari quyoş paneli, batareya va elektr tarmoği xarajatining turli nisbatini qamrab olgan 40 500 ssenariyni tahlil qilgan. Natijaga köra, işlab çiqarilgan ortiqça quyoş energiyasini batareyada saqlaş, talab kuçayganda tarmoqqa uzatiş umumiy xarajatni sezilarli kamaytiradi. Batareya quvvati va işlaş muddati notöğri tanlansa, tizim sarfi hozirgi körsatkiçdan 35 foizgaça oşib ketişi mumkin.
Tadqiqot mualliflari endi faqat yangi energiya manbalarini köpaytiriş emas, balki elektr energiyasiga talabni ham oşiriş, isteʼmolni moslaştiriş muhimligini taʼkidlamoqda. Bu jarayonda elektromobil, elektr isitiş tizimi va aqlli maişiy qurilmadan foydalaniş kölami kengayişi ham nazarda tutiladi. Mutaxassislar quyoş energiyasi va batareya bir-birini töldirgandagina taʼminot arzonlaşişini taʼkidlamoqda.
Musulmon Ziyo, ÖzA