Qumqo‘rg‘on tumaniga prokuror hokim bo‘ldi
Bugun xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Tuman hokimi Anvar Normamatov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. Deputatlar ushbu lavozimga Milliy kadrlar zaxirasidan tavsiya etilgan Farrux Xoliqov nomzodi ma’qulladi.

Farrux Xoliqov 1985 yil Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‘ilgan. 2009 yil Toshkent davlat yuridik institutini, 2016 yil Bosh prokuratura oliy o‘quv kursini huquqshunoslik mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida prokuratura organlarida turli lavozimlarda, jumladan, Uzun va Sho‘rchi tumanlari prokurori sifatida xizmat qilgan.
Tayinlovga qadar Denov tumani prokurori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Sessiyada Surxondaryo viloyati hokimi U.Qosimov ishtirok etdi.
X.Mamatrayimov, O‘zA muxbiri