Quchqarova Sarvinoz Atamuratovnaning fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
«Cheksiz ikki blok differensial tenglamalar sistemasi bilan yoziladigan differensial o‘yinlar» mavzusida
Quchqarova Sarvinoz Atamuratovnaning 01.01.02 – «Differensial tenglamalar va matematik fizika» ixtisosligi bo‘yicha «Cheksiz ikki blok differensial tenglamalar sistemasi bilan yoziladigan differensial o‘yinlar» mavzusidagi fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.FM.01.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025 yil 8 aprel kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100174, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 4-uy. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Tel./faks: (99871) 246-02-30
e-mail: nauka@nuu.uz