“Qozon Kremli” muzeyida O‘zbekiston ko‘rgazmasi
Rossiyadagi "Qozon Kremli" muzey-qo‘riqxonasida "Olamlar orasidagi nur" ko‘rgazmasi ochildi.
O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi bilan tashkil etilgan namoyish ochilishida Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ishtirok etdi.

"Yangi Quddus" muzeyi va I.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyi to‘plamlari birlashgan mazkur ekspozitsiyada rus avangardi ustalari Solomon Nikritin, Aleksandr Shevchenko, Vasiliy Chekrigin, Sergey Romanovich, Mixail Sokolov, Robert Falk va boshqalarning 70 ga yaqin asari taqdim etilmoqda.

Qayd etish kerak, "Qozon Kremli" YUNESKO Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan, Sharq va G‘arb me’morchilik an’analari uyg‘unlashgan noyob maskandir.
B.Xudoyberdiyev,
O‘zA