Qozog‘iston MSK referendum natijasini e’lon qildi
Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi raisi Nurlan Abdirov referendumda ishtirok etgan saylovchilarning 77,18 foizi Konstitutsiyaga kiritilgan tuzatishlarni qo‘lladi, deya bayonot berdi ovoz berish natijasi bo‘yicha o‘tkazilgan brifingda.
Saylovchilarning 18,66 yoki bir million 490 ming 470 nafari tuzatishlarga qarshi ovoz berdi.
MSK rahbari bayonotiga ko‘ra, 11,73 million ovoz berish huquqiga ega saylovchining 68,5 foizi saylovda ishtirok etgan.
N.Abdirovning qayd etishicha, Konstitutsiyaga kiritiladigan o‘zgarishlar tasdiqlanishi uchun ovoz berishda ishtirok etgan viloyatlarning uchdan ikki qismi, respublika ahamiyatiga loyiq shaharlar va poytaxt aholisining 50 foizdan ortiq saylovchisi “ha” deyishi zarur edi. Tuzatishlarni mintaqa aholisining mutlaq ko‘pchilik qismi qo‘llab-quvvatladi, dedi MSK raisi.
O‘zA