Qotillikda asosiy javobgar kim?
Turkiya va AQSH rasmiylari esa taxt vorisini mazkur qotillikda asosiy javobgar, deb eʼlon qilgan.
Saudiya Arabistoni taxt vorisi Muhammad bin Salmon Argentinada boʻlib oʻtuvchi Katta yigirmatalik sammitida ishtirok etadi. Bu haqda “Associated Press” xabar beradi. Yigirmatalik sammitidagi ishtirok uning 2 oktyabr – saudiyalik jurnalistning Turkiyadagi elchixonada oʻldirilganidan keyingi ilk xorijiy safari boʻladi. Maʼlumot uchun, Saudiya Arabistoni va shahzoda Muhammad jurnalistning oʻlimidan keyin xalqaro miqyosda muhokama markazida boʻldi.
Turkiya va AQSH rasmiylari esa taxt vorisini mazkur qotillikda asosiy javobgar, deb eʼlon qilgan.