Qo‘shimcha xo‘jalikdan samarali foydalanilmoqda
FOTOREPORTAJ
Buxoro viloyati Olot tuman Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasida yer resurslaridan samarali foydalanish maqsadida qo‘shimcha xo‘jalik tashkil etilgan.
Muassasa tasarrufidagi 25 sotix yer maydonida kartoshka, pomidor, bodring, loviya, oshqovoq va boshqa poliz ekinlari parvarishlanmoqda. Shuningdek, 2 sotix maydonda tashkil etilgan issiqxonada pomidor yetishtirilmoqda, limon ko‘chatlari parvarish qilinmoqda.
3 sotix maydonda kartoshka ekini joylashtirilgan bo‘lib, yetishtirilayotgan mahsulotlar muassasa ishchi-xizmatchilarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga xizmat qilmoqda.
[gallery-29788]
Muassasada manzarali daraxt va buta ko‘chatlarini yetishtirish ham yo‘lga qo‘yilgan. Ayni paytda yapon saforasi kabi daraxtlarning 10 mingdan ortiq ko‘chati parvarishlanmoqda.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA