Qo‘shimcha bojxona to‘lovlari undirildi
Ma’lumki, bojxona organlarining asosiy vazifalaridan biri bu — mamlkatimizning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishdir. Ushbu maqsad yo‘lida bojxona organlari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Jumladan, Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilaridan biri nomiga Turkiya davlatidan olib kelingan “Tkani vorsovыye iz ximicheskix nitey, s osnovnыm razreznыm vorsom” tovariga taqdim qilingan hujjatlar Xorazm viloyati bojxonachilari tomonidan qayta o‘rganib chiqildi. Aniqlanishicha, mazkur korxona bojxona qiymatini aniqlash usullaridan foydalangan holda, tovarning har 1 kvadrat metrini 1 AQSH dollaridan belgilab, “Erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirgan.
Biroq mazkur tovarlarning bojxona qiymati qayta o‘rganilganida ushbu tovarning 1 kvadrat metri 1 AQSH dollaridan emas, balki 4,32 AQSH dollaridan ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Natijada ushbu holat yuzasidan 333,7 mln. so‘m qo‘shimcha bojxona to‘lovlarini davlat byudjetiga undirish to‘g‘risida sud qarori qabul qilindi.
Sh. Mamaturopova,
O‘zA