Qo‘rg‘ontepa tumaniga hokim tayinlandi
Xalq deputatlari Qo‘rg‘ontepa tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
Sessiyada Qo‘rg‘ontepa tumani hokimi lavozimiga Xalilov Alisher Olimjonovich tayinlandi.
Alisher Xalilov 1984 yilda Qo‘rg‘ontepa tumanida tug‘ilgan. 2004 yilda Andijon muhandislik iqtisodiyot institutini, 2014 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi oliy maktabini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida bir necha sanoat korxonalarida rahbarlik lavozimlarida ishlagan.
[gallery-13052]
Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar u Andijon viloyati hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
O‘zA