Qoraqalpoq matbuoti fidoyisi
FOTOREPORTAJ
Qoraqalpoq jurnalistikasi va adabiyoti rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan ijodkorlardan biri — Pardagul Xo‘jamurotova. Uning ko‘p yillik faoliyati matbuot va ijod sohasi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, jurnalist sifatida samarali mehnati keng e’tirof etilgan.
P. Xo‘jamurotova turli yillarda “Nukus haqiqati”, “Yerkin Qaraqalpaqston” kabi gazetalarida mas’ul lavozimlarda ishlab, dolzarb mavzulardagi maqolalari, tahliliy va publitsistik chiqishlari bilan keng jamoatchilik e’tiborini qozondi.
[gallery-30065]
Ijodkor jurnalistika bilan bir qatorda badiiy ijod bilan ham shug‘ullanib, hikoya, novella va esse janrlarida qator asarlar yaratdi. Uning “Ona sog‘inchi”, “Umr dovonlari”, “Vijdon sudi”, “Senga yolg‘on, menga chin”, “Onam tushimga kirgan kun” va “Gazetachilar” kitoblari kitobxonlarga yaxshi tanish.
Hozirda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmalari a’zosi bo‘lgan Pardagul Xo‘jamurotovaning ko‘p yillik samarali mehnati davlat va jamoatchilik tomonidan munosib e’tirof etilgan. U “Qoraqalpog‘iston xalq ta’limi a’lochisi”, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20 yilligi ko‘krak nishoni sohibi hamda “Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Joriy yil ijodkor o‘zining 70 yoshini qarshi olmoqda. Uning boy hayotiy tajribasi, kasbiga sadoqati va ijodiy faoliyati bugungi yosh jurnalistlar uchun ibrat maktabi bo‘lib xizmat qilmoqda.
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA