Qoraqalpog‘istonlik yoshlar Andijonda
Mamlakatimiz mustaqilligining o‘ttiz besh yillik bayrami arafasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanidagi bir guruh yoshlar Andijon viloyatida bo‘lib, viloyatda faoliyat yuritayotgan tadbirkor yoshlarning ish tajribasi va erishayotgan yutuqlari bilan yaqindan tanishdi.
Andijon viloyati hokimligi tashabbusi bilan Kegeyli tumanidan tashrif buyurgan yoshlar Andijon temiryo‘l vokzalida samimiy kutib olindi. Tashrif dastur doirasida yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunar va biznesga qiziqishini oshirishga qaratilgan qator uchrashuvlar hamda amaliy tadbirlar o‘tkaziladi.


Qoraqalpog‘istonlik yoshlar viloyatda o‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan yosh tadbirkorlarning faoliyati, shuningdek, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishadi.
Tadbir va uchrashuvlar davomida tadbirkorlikni boshlash, biznesni rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashiladi, tajribalar o‘rganiladi.

Tengdosh tadbirkorlarning hayotiy tajribasi, izlanishi va erishayotgan natijalari tashrif buyuruvchi yoshlar uchun muhim tajriba maktabi bo‘lib xizmat qiladi. O‘zaro muloqotlar jarayonida yangi g‘oyalar, istiqbolli tashabbuslar muhokama qilinadi va kelgusidagi hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar yaratiladi.
Ushbu tashrif yoshlarni faollikka undashi, ularning tadbirkorlik borasidagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda o‘z biznesini boshlash uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.
Faxriddin Ubaydullayev,
O‘zA muxbiri