Qöqon piçoqsozlik maktabi anʼanalari Marğilonda namoyiş etildi
Marğilon hunarmandçilikni rivojlantiriş markazida milliy hunarmandçilik anʼanalarini asrab-avaylaş, rivojlantiriş va keng tarğib etişga qaratilgan “Qöqon piçoqlari” körgazmasi bölib ötdi.
“Hunarmand” uyuşmasi, Farğona viloyati va Marğilon şahar hokimliklari taşabbusi bilan taşkil etilgan körgazmada vodiy viloyatlaridan taşrif buyurgan piçoqsoz ustalar özlarining noyob hunarmandçilik namunalarini namoyiş etdi.
Tadbirda milliy piçoqsozlik sanʼatini yanada rivojlantiriş, ustoz-şogird anʼanalarini davom ettiriş, mohir ustalar tajribasini ommalaştiriş va hunarmandlar örtasida özaro tajriba almaşişni kengaytiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Körgazmadan turli şakl va bezaklarga, öziga xos işlov beriş uslubiga ega piçoqlar örin oldi. Ularda ustalarning yuksak mahorati, nozik didi va ijodiy yondaşuvi öz ifodasini topgan. Namoyiş etilgan hunarmandçilik namunalari Qöqon piçoqsozlik maktabining boy anʼanalari, milliy amaliy sanʼatimizning öziga xos jihatlarini aks ettirdi.
Şuningdek, tadbir doirasida adras töqiş, gilamdözlik, döppidözlik va kulolçilik yönalişlarida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar ham öz mahsulotlarini taqdim etdi. Bu körgazmaga yanada fayz bağişlab, xalqimizning boy hunarmandçilik merosi va milliy amaliy sanʼatining rang-barangligini namoyon qildi.
[gallery-32449]
Körgazmada faol iştirok etib, öz mahoratini namoyiş etgan hunarmandlar taşakkurnoma va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
Muqimjon QODIROV (surat), ÖzA