Qo‘mita huzuridagi ilmiy-tadqiqot instituti top o‘ntalikda
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi huzuridagi Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari “SCIENCE AND INNOVATION AWARDS” tanlovida yuqori natija qayd etib finalga yo‘l oldi.
Ta’kidlash kerak, mazkur natija chorvachilik va parrandachilik sohalarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarning amaliy samarasidir.
Institut tomonidan chorvachilik va parrandachilik yo‘nalishlarida yangi zot yaratish va ularning iqlimga moslashuvchanligini oshirish, qoramollarning genetik salohiyatini yaxshilash, mahsuldorligini oshirish hamda ozuqabop ekinlar urug‘chiligini rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, ushbu ilmiy muassasa ishtirokida hayvonlarning kasalliklarga chidamliligini o‘rganishga keyingi uch yil davomida bir million dollardan ortiq investitsiya mablag‘i jalb qilindi.
O‘zA