Qolgan ishga... yomgʻir yogʻdi!
Fotoayblov
Koʻrib turganingiz ushbu manzaralar 2019 yil 16 yanvar kuni Fargʻona shahrining Huvaydo koʻchasida suratga tushirilgan.
Yoʻlning ana shu qismi bundan bir oy muqaddam yangi asfalt yotqizish maqsadida tayyorlab qoʻyilgandi. Ammo, “Qolgan ishga qor yogʻadi” deganlaridek, qor oʻrniga yoqqan yomgʻir suratdagi koʻlmaklarni paydo qildi. Bu esa shu koʻchada joylashgan 24-umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari, piyodalaru haydovchilarga jiddiy qiyinchiliklar tugʻdirmoqda. Agar seryogʻin kunlar hali oldinda ekanini nazarda tutsak, bunday xunuk manzara asfalt yotqizilgungaqadar yana necha bor yuzaga kelishi mumkin. Muammoning yechimi esa mutasaddilar tashkilotlar “himmati”ga bogʻliq.



