Qoidabuzarlik oqibatida gaz ta’minoti korxonasiga 1 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan
Bu haqda "O‘zenergoinspeksiya" axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, Samarqand tumanida tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangan choyxona faoliyati o‘rganildi.
Tegishli tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida "Yangiobod" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi choyxona loyiha-texnik hujjatlarisiz gaz tarmog‘iga ulangani ma’lum bo‘ldi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu qoidabuzarlik oqibatida gaz ta’minoti korxonasiga 1 milliard 110 million so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.
Ayni paytda bu kabi nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
N.Ziyodullayeva, O‘zA