Qodirov Olimjon Zohirzodaning geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Shoxetov maydoni (G‘arbiy Auminzatov) oltin ma’danlashuvining mineralogik-geokimyoviy xususiyatlari va qidiruv belgilari” mavzusida
Qodirov Olimjon Zohirzodaning 04.00.02 – “Qattiq foydali qazilma konlarining geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish. Metallogeniya va geokimyo” ixtisosligi bo‘yicha “Shoxetov maydoni (G‘arbiy Auminzatov) oltin ma’danlashuvining mineralogik-geokimyoviy xususiyatlari va qidiruv belgilari” mavzusidagi geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Mineral resurslar instituti” davlat muassasasi huzuridagi DSc.24/30.12.2019.GM.40.01 raqamli Ilmiy kengashning 2024-yil 30-aprel kuni soat 12:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100164, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Olimlar ko‘chasi, 64-uy. Mineral resurslar instituti.
Tel.: (99871) 209-08-69;
ye-mail: info@ mridm.uz