“Qizilqum”da yangi murabbiy faoliyat boshladi
Navoiyning “Qizilqum” futbol jamoasiga serbiyalik tajribali murabbiy Nikola Lazarevich bosh murabbiy etib tayinlandi.
Klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Nikola Lazarevich faoliyati davomida Tojikiston, Serbiya, Saudiya Arabistoni davlatlari jamoalarida bosh murabbiy bo‘lib ishlagan va ko‘plab natijalarga erishgan.
U 1978 yil 29 yanvarda Serbiyada tug‘ilgan. Nikola Lazarevich Serbiya terma jamoasi (U-21), “Sar Konstantin” (Serbiya), “Radnichki” (Serbiya), “Istiqlol” (Tojikiston), Tojikiston terma jamoasi, “Xo‘jand” (Tojikiston), “Al – Taavun” (Saudiya Arabistoni) jamoalarida ishlagan.
Abduvali Bo‘riyev, O‘zA