Qisqa xabarlar (+video)
Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzgan 127 nafar mansabdor shaxsga chora ko‘rildi, DXX va bojxona xodimlari xalqaro narkokanal faoliyatiga chek qo‘ydi, Gidroenergetika tarmog‘ida ustuvor vazifalar ijrosi kuchaytirilmoqda . . .Shuningdek, sportiga oid yangiliklar bilan "Qisqa xabarlar" dasturi.
- Chexiya poytaxti Praga shahrida “Made in Uzbekistan”ning ochilishi mamlakatimiz eksport salohiyatini kengaytirish, milliy brendlarni xalqaro maydonda targ‘ib qilish va mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun yangi bozorlar eshigini ochish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
- Davlat xavfsizlik xizmati va “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda xorijdan noqonuniy ravishda olib kelingan katta miqdordagi giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi.
- Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga bag‘ishlangan jamoatchilik eshituvi hamda Agentlik huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/6slgJUNl1Zc" title="29 iyul: Muhim va dolzarb xabarlarning qisqacha tafsiloti" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin Nuriddinov, Yoqub Meliboyev, O‘zA