Qisqa xabarlar (+video)
Jazirama kunlarda “103” xizmatiga qancha chaqiriq tushdi Qarzdorlarning 61 foizi nega kredit to‘lovida qiynalayapti Toshkent havosining ifloslanishiga nima sabab bo‘lgan Kun davomida saytimizda e’lon qilingan shu kabi muhim yangiliklari bilan "Qisqa xabarlar" dasturi
- So‘nggi to‘rt kun davomida O‘zbekistonda kuzatilgan va hamon kuzatilayotgan anomal issiq fonida “103” tez tibbiy yordam xizmatiga jami 166 ming 726 ta chaqiriq kelib tushdi.
- Markaziy bank o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda qarzdorlarning 61 foizi kredit to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirishda qiyinchilikka duch kelmoqda.
- 2026-yil boshidan buyon Raqobat qo‘mitasiga tibbiyot va farmatsevtika sohasi bo‘yicha 900 dan ortiq murojaat kelib tushdi.
- 11-iyul kuni Toshkent havosida kuzatilgan tutun va o‘tkir hidning sababi Ohangaron tumanidagi maishiy chiqindilar poligonida yuz bergan yong‘in ekani ma’lum qilindi.
- 18-iyuldan boshlab “Toshkent – Bekobod – Toshkent” yo‘nalishidagi 7050/7049-sonli shaharlararo elektropoyezd yangi zamonaviy tarkib bilan qatnovni boshlaydi.
Yurtimiz hayotiga oid voqea va hodisalar haqida batafsil video davomida tanishing.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/gHHrKvC6f4g?si=QwLuHGbvgfkIJkvk" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Nozimjon Mardonov, Yoqub Meliboyev, O‘zA