Qisqa xabarlar (+video)
Yurtimiz hayotiga oid voqea va hodisalar tafsiloti bilan "Qisqa xabarlar" dasturi
-Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida fuqarolarning yer uchastkalariga bo‘lgan ijara huquqini hamda ushbu yerlarda qurilgan bino va inshootlarga mulk huquqini e’tirof etish masalasi ko‘rib chiqildi.
- Respublika bo‘yicha ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq 6 ming 447 ta qonunbuzilish holati aniqlanib, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 103,4 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan.
- Fransiya poytaxti Parijda kurash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘tkaziladigan an’anaviy xalqaro turnirda Xalqaro kurash assotsiatsiyasiga a’zo mamlakatlarning eng kuchli sportchilari ishtirok etishi kutilmoqda.
- Xitoyning Ordos shahrida yengil atletika bo‘yicha U23 yosh toifasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari umumjamoa hisobida 3-o‘rinni egalladi.
Kun davomida O‘zAda e’lon qilingan xabarlar tafsiloti bilan to‘liqroq video davomida tanishing.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/9RDZRM3TXBk" title="13 iyul: Muhim va dolzarb xabarlarning qisqacha tafsiloti" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin Nuriddinov, Yoqubjon Meliboyev, O‘zA