Qirg‘izistonda yoqilg‘i eksporti vaqtincha taqiqlandi
Qirg‘iz Respublikasi ichki bozorning barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida neft mahsulotlari eksportini vaqtincha taqiqladi.
Ta’kidlanishicha, cheklovlar benzin, dizel yoqilg‘isi va boshqa turdagi yoqilg‘ilarga taalluqlidir. Bu qaror nafta, yoqilg‘i moyi va isitish moyiga ta’sir qilmaydi.
Farmonda yangi qoida ichki bozor to‘yinmaguncha yoki Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) doirasida umumiy neft bozori shakllangunga qadar amal qilishi aytilgan.
Xabarlarga ko‘ra, ushbu taqiq ilgari YeOII bojxona hududidan tashqariga yuk tashishga nisbatan qo‘llanilgan. Qirg‘izistonga yoqilg‘ining asosiy yetkazib beruvchisi Rossiya edi. Ayni paytda RFning o‘zi Ukraina mojarosi tufayli yoqilg‘i inqiroziga duch kelmoqda.
S.Rahimov, O‘zA