Qirg‘izistonda maktab shifti qulab tushdi
Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati Chotqol tumanidagi o‘rta maktabida dars paytida shift qulab tushdi va buning oqibatida 19 kishi jabrlandi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar 18 nafar maktab o‘quvchisi hamda bir o‘qituvchini evakuatsiya qilgan.
Ularning barchasi Ala-Buka tumani kasalxonasiga yotqizilgan. Hozirda baxtsiz hodisa sabablari o‘rganilmoqda.