Qirg‘iziston bosh prokurori iste’foga chiqdi
Qirg‘iz Respublikasi bosh prokurori Qurmanqul Zulushev o‘z xohishi bilan iste’foga chiqish uchun ariza berdi. Ushbu ma’lumotni Prezident matbuot kotibi Askat Alagozov tasdiqladi.
Uning ma’lum qilishicha, ayni dam Sadir Japarov mas’uliyatli lavozimga yangi nomzodni ko‘rib chiqmoqda. Zulushev 2020 yil 21 oktyabrdan buyon Bosh prokuror sifatida ishlab kelayotgan edi.