Qayirmada do‘stlar musobaqalashdi
Sirdaryo viloyati Xovos tumanidagi Qayirma mahallasi ochiq maydonida tuman hokimligi, prokuraturasi va mahalla faollari tashabbusi bilan tashkil etilgan kurash bo‘yicha "Xalqaro do‘stlik kubogi" musobaqasi qizg‘in bellashuvlarga boy bo‘ldi.
Musobaqada yurtimizning barcha viloyatlaridan va qo‘shni davlatlardan, jumladan, Tojikiston Respublikasidan kelgan 500 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi. Ayniqsa, vodiy viloyatlaridan kelgan mahoratli kurashchilar musobaqaga alohida fayz bag‘ishladi.


Musobaqani xalqaro toifadagi hakamlar adolatli baholab borishdi.
G‘oliblar tuman hokimligi, prokuraturasi va homiylar tomonidan pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.



Bu kabi musobaqalar sportchilarimizning mahoratini oshirishga, kelajakda jahon va Osiyo chempionatlarida Vatanimiz sharafini himoya qilishga xizmat qiladi.
G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri