Qatarda U17 Jahon çempionati boşlandi
Bugun, 19-noyabr kuni Qatarda futbol böyiça 17 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasidagi Jahon çempionati start oladi. Unda dunyoning 48 ta terma jamoasi 12 guruhga bölingan holda boş sovrin uçun kuraş olib boradi.
Özbek futbol muxlislarining musobaqa davomidagi asosiy eʼtibori «Ye» guruhidagi bellaşuvlarga qaratiladi. Mazkur guruhdan joy olgan Özbekiston ösmirlar terma jamoasi Italiya, Yamayka va Kot-d’Ivuar vakillari bilan kuç sinaşadi.
Sergey Çigodayev boş murabbiyligidagi jamoamiz Jahon çempionatidagi ilk uçraşuvini ertaga, 20-noyabr kuni Toşkent vaqti bilan soat 21:00 da Kot-d’Ivuar terma jamoasiga qarşi ötkazadi. 23-noyabr kuni soat 18:00 da Yamayka, 26-noyabr kuni esa soat 19:00 da Italiya ösmirlari bilan bahs olib boradi. Guruh bosqiçidagi uçala uçraşuv ham Doha şahridagi «Aspayr zona» majmuasida bölib ötadi.

Musobaqada iştirok etadigan barça terma jamoalar 12 guruhga quyidagiça taqsimlangan:
«A» guruhi: Qatar, Panama, Misr, Gretsiya.
«B» guruhi: Janubiy Koreya, Uganda, Yangi Kaledoniya, Ekvador.
«C» guruhi: Argentina, Avstraliya, Mozambik, Daniya.
«D» guruhi: Fransiya, Gaiti, Saudiya Arabistoni, Urugvay.
«E» guruhi: Italiya, Yamayka, Kot-d’Ivuar, Özbekiston.
«F» guruhi: Senegal, Xorvatiya, Kuba, Tojikiston.
«G» guruhi: Mali, Yangi Zelandiya, Belgiya, Vetnam.
«H» guruhi: Ispaniya, Xitoy, Fiji, Marokaş.
«I» guruhi: Braziliya, Irlandiya, Tanzaniya, Kosta-Rika.
«J» guruhi: Dominikan Respublikasi, Çernogoriya, Çili, Jazoir.
«K» guruhi: Meksika, Ruminiya, Kamerun, Venesuela.
«L» guruhi: Yaponiya, Kolumbiya, Serbiya, Gonduras.
Musobaqa reglamentiga köra, har bir guruhda birinçi va ikkinçi örinni egallagan jamoalar, şuningdek, uçinçi örin sohiblari orasida eng yaxşi natija qayd etgan sakkizta terma jamoa keyingi bosqiçga yöl oladi. Şu tariqa, 32 ta jamoa pley-off bahslarida iştirok etadi.
Qayd etiş joiz, AQŞ ösmirlar terma jamoasi 11-noyabr kuni musobaqada iştirok etişdan voz keçişini maʼlum qildi. FIFA qaroriga muvofiq, uning örnini Dominikan Respublikasi egalladi. Karib havzasi vakillari uçun bu U17 Jahon çempionatidagi ilk iştirok böladi.
Mundialning dastlabki kunida sakkizta uçraşuv ötkazilişi rejalaştirilgan. Jumladan, Toşkent vaqti bilan soat 18:00 da Yangi Kaledoniya – Ekvador hamda Fransiya – Gaiti, 18:30 da Janubiy Koreya – Uganda, 19:00 da Saudiya Arabistoni – Urugvay, 20:00 da Mozambik – Daniya, 20:30 da Qatar – Panama, 21:00 da Misr – Gretsiya hamda Argentina – Avstraliya terma jamoalari özaro bahs olib boradi.
Şuningdek, mazkur Jahon çempionatida özbekistonlik hakamlar ham faoliyat olib boradi. Asker Najafaliyev boş hakam sifatida uçraşuvlarni boşqarsa, unga qanotlarda Baxtiyorxöja Şavkatov va Avazbek Abdullayev yordam beradi. Hakamlarimiz iştirokidagi ilk öyin bugun Mozambik – Daniya terma jamoalari bahsi böladi

Javohir Toşxöjayev, ÖzA