Qatar Suriyani qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi
Qatar xalqaro hamkorlik bo‘yicha davlat vaziri Maryam bint Ali bin Nosir al-Misnad Qatar Davlati Suriya va uning xalqini qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi, deb xabar bermoqda “APP” axborot agentligi.
Jenevada o‘tkazilgan BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengash sessiyasida nutq so‘zlagan vazir Suriya hukumati va qurolli kuchlari o‘rtasidagi kelishuvni olqishlab, bu qadamlar mamlakat suvereniteti va hududiy yaxlitligi saqlanib, xavfsizlik va barqarorlik mustahkamlanishiga hissa qo‘shishini ta’kidladi.
Shuningdek, u G‘azo sektoridagi tinch aholining shoshilinch gumanitar ehtiyojlariga e’tibor qaratib, o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga to‘liq rioya qilish, yordamni to‘siqsiz yetkazish hamda barqarorlikni ta’minlashga chaqirdi.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA