Qashqadaryolik talaba xalqaro tanlovda g‘olib bo‘ldi
Qashqadaryo viloyati Qarshi davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti filologiya va tillarni o‘qitish: nemis tili yo‘nalishining 2-bosqich talabasi Zabarjad Qahhorova Qozog‘istonning Nursulton shahrida MDH davlatlari o‘rtasida 2019 yildan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Yilning eng yaxshi yosh olimlari – 2021” xalqaro tanlovida muvaffaqiyatli qatnashdi.
Zabarjad Qahhorova tanlovda “III-xalqaro kitob nashri” yo‘nalishida o‘zining “Nemis tilini intensiv o‘qitishda til kompetensiyalarining o‘rni” mavzusidagi maqolasi bilan qatnashib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
O‘zA