Qashqadaryoda obodonlashtirish boshqarmalariga maxsus texnikalar topshirildi
Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar qildi. Qashqadaryo viloyatida hududlarni obodonlashtirish va yo‘l infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan ishlar doirasida tuman va shahar obodonlashtirish boshqarmalariga yangi maxsus texnikalar topshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi tegishli qarori asosida viloyatdagi tuman va shahar obodonlashtirish boshqarmalari uchun jami 14 ta maxsus texnika xarid qilindi.
Ularning 4 tasi ikki valli yo‘l katogi, 10 tasi esa asfalt yotqizgich (asfaltoukladchik)dan iborat.
Zamonaviy texnikalardan hududlardagi obodonlashtirish ishlari, xususan, yo‘llarni ta’mirlash va asfaltlash jarayonlarida samarali foydalanish ko‘zda tutilgan.
Yangi texnikalarning ishga tushirilishi yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, obodonlashtirish ishlarini tezkor va sifatli tashkil etish imkonini yanada kengaytiradi.
O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri