Qashqadaryoda “Jasorat maktablari” o‘quvchilari tantanali va’da berdi
Shahrisabz shahridagi Oqsaroy maydonida Qashqadaryo viloyatidagi “Jasorat maktablari” o‘quvchilarining tantanali va’da berish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyatning barcha tuman va shaharlaridan jami 416 nafar “Jasorat maktablari” o‘quvchisi ishtirok etdi.
Dastlab maydonda harbiy orkestr va faxriy qorovul otryadi ishtirokida tantanali marsh o‘tkazildi. Milliy gvardiya tomonidan ajratilgan otlar hamda Amir Temur va uning askarlari siymosi aks etgan chiqishlar yig‘ilganlarda yaxshi taassurot qoldirdi. Harbiy texnika, zamonaviy qurol-aslaha, robototexnika va o‘quvchilarning qo‘l mehnati mahsulotlari ko‘rgazmalari yoshlarning vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada yuksaltirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.
[gallery-31991]
Bo‘lajak harbiy askarlar ona vatani uchun astoydil xizmat qilishga tantanali va’da berdi.
Shuningdek tadbir doirasida Shahrisabz shahar Madaniyat saroyida “Rahbar va “Jasorat maktabi” o‘quvchilari uchrashuvi” ham tashkil etildi. Samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Harbiylarning jangovar chiqishlari va tayyorlangan maxsus badiiy ssenariy tadbirning ta’sirchanligini yanada oshirdi.
O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA muxbirlari