Qarshida yoshlar uchun Media markaz ochildi
FOTOREPORTAJ
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi Yoshlar markazida zamonaviy Media markaz foydalanishga topshirildi.
Markazda foto va video kontent tayyorlash, montaj qilish, podkast va intervyular yozish, matbuot anjumanlari, brifinglar hamda taqdimotlar o‘tkazish uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Shuningdek, grafik dizayn, SMM va raqamli marketing yo‘nalishlarida faoliyat yuritishni istagan yoshlar uchun ham imkoniyatlar mavjud.
Media markaz zamonaviy kutubxona, kovorking hududi, uchrashuv maydonlari va kutish zonalari bilan jihozlangan. Bu yerda yoshlar ijodiy loyihalar ustida ishlash, tajriba almashish va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniga ega.
Markazda media savodxonligi, kontent yaratish va sun’iy intellekt texnologiyalariga bag‘ishlangan o‘quv-seminarlar, ijodiy uchrashuvlar va treninglar muntazam tashkil etilishi rejalashtirilgan.
[gallery-30428]
Yoshlar markazida yozgi ta’til davrida ham turli to‘garaklar faoliyat ko‘rsatmoqda. Jumladan, shaxmat va robototexnika to‘garaklarida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga alohida e’tibor qaratilgan.
Jamshid NORQOBILOV (surat), O‘zA