Qanday mahsulotlar umrni uzaytiradi?
Umringizni yana o‘n yilga uzaytirishning imkoni borligini bilasizmi? Buning uchun kuniga bir bosh sarimsoq piyoz yeyish kifoya.
Diyetolog Anjelika Duval “Moskva 24” telekanaliga bergan intervyusida ta’kidlashicha, agar sarimsoq piyoz xom shaklida muntazam iste’mol qilinsa, umr 10 yilga uzayishi mumkin.
Gap shundaki, Sarimsoq ichakdagi patogen mikroflorani yo‘q qilishga va bakteriyalar va viruslardan xalos bo‘lishga yordam beradi, qolaversa, butun tanamizni dezinfeksiya qiladi. Bundan tashqari, u ovqat hazm qilish uchun foydalidir.
Mutaxassisning fikricha, sog‘lom ichak uzoq umr ko‘rishning kaliti hisoblanadi. Sarimsoqning yana bir foydasi – tarkibida xrom va molibden mavjudligidir.
Birinchisi, qondagi glyukoza darajasini tartibga solishga yordam beradi, ya’ni diabet rivojlanishidan himoya qiladi.
Ikkinchisi, metabolik jarayonlarda ishtirok etadigan fermentlarni ishlab chiqarishda ishtirok etadi.
Sarimsoq piyozni qanday iste’mol qilish mumkin?
• Kuniga bitta bo‘lakchasi kifoya qiladi;
• Pishirilgan emas, xom holda iste’mol qilish kerak.
Sarimsoqni iste’mol qilishdan tashqari, sog‘lom turmush tarzining boshqa jihatlarini ham kuzatib borish kerak. Shunday qilinsa, foydali mahsulot uzoq umr ko‘rishga yordam beradi, deydi mutaxassis.
O‘zA