Qalbdan chiqqan ranglar jilosi - Dilorom Mamedova (+video) 2-qism
"Rassom ustaxonasi"
“Rassom ustaxonasi” loyihasining bu galgi qahramoni iste’dodli rassom Dilorom Mamedova — zamonaviy o‘zbek tasviriy san’atida o‘zining betakror uslubi va chuqur ma’no kasb etgan asarlari bilan alohida o‘rin egallagan taniqli rassomalardan biri.
Rassomning “Eski shahar”, “Hovuz”, “Hayot”, “Buxoro”, “Tushlikka tayyorgarlik”, “Hovli”, “Yo‘lga”, “Xeyvak suvining xotirasi”, “Jimjitlik bezaklari”, “Dunyo ayollari”, “Eshiklarim ochildi” kabi asarlari nafaqat yurtimiz tomoshabinlarini, balki xorijiy san’at ixlosmandlarini ham o‘ziga maftun etgan. Uning asarlarida hayot nafasi, milliy ruh va inson qalbining nozik tuyg‘ulari o‘ziga xos ranglar orqali jonlanadi.
Dilorom Mamedovaning ijodi — bu ranglar orqali aytilgan hayot hikoyasi, milliylik va zamonaviylik uyg‘unligi, qalbdan chiqqan samimiy ifoda namunasidir.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/FX5bYkdJ61g?si=03fLZUbommGe9PRs" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Munira Ramazonova, Nishonboy Abduvoitov, O‘zA