Qalbaki 800 dollarning muomalaga kiritilishining oldi olindi
Qalbaki 800 AQSH dollarining muomalaga kiritilishining oldi olindi, deya xabar qilmoqda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning matbuot xizmati.
Xabarda qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning Mirobod tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro O.S. va boshqalar oldindan til biriktirib, fuqaro S.ga 16 dona qalbaki 800 AQSH dollarini 500 AQSH dollariga sotgan vaqtida ushlangan. Tadbir davomida O.S.ning yonidan yana 7 dona qalbaki 50 kupyuradagi 350 AQSH dollari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro O.S. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O‘zA