Qalampir eksport qilinadi
Joriy yilning bahor oyida Toshkent viloyati Ohangaron tumanida yoshlar bandligini taʼminlash maqsadida ularga yer maydonlari ajratib berilgandi.
Joriy yilning bahor oyida Toshkent viloyati Ohangaron tumanida yoshlar bandligini taʼminlash maqsadida ularga yer maydonlari ajratib berilgandi.
Xususan, 2-sektor rahbari, tuman prokurori tashabbusi bilan “AGRO MIR” masʼuliyati cheklangan jamiyati qishloq xoʻjalik kooperatsiyasi tomonidan 50 nafar yigit-qizga jami 15 gektar yer ajratilib, eksportbop qalampir navlari ekilgandi. Tuman aholi bandligiga koʻmaklashish markazi 109 million soʻm miqdorida subsidiyalar ham ajratdi.
Ayni kunlarda mehr bilan parvarishlangan qalampirlar hosilga kirdi. Ohangaronlik yoshlar oʻz mehnatlarining samarasini yigʻishtirib olishni boshladi. Rejaga koʻra, har gektaridan 15 tonnadan hosil olish koʻzda tutilgan boʻlib, kooperatsiya tomonidan yoshlarga qalampirning har bir kilosi uchun 2 ming soʻmdan pul toʻlanyapti.
“AGRO MIR” MCHJ qishloq xoʻjalik kooporatsiyasi turkiyalik hamkorlar bilan imzolagan shartnomaga koʻra, hosilning barchasi eksport qilinadi.