Qahraton sovuqda energetiklar ish jarayonida
Mamlakatimizda hukm surayotgan qahraton sovuq kunlarida energetiklarimiz iste’molchilarga elektr energiyasini barqaror ta’minlash maqsadida kunu tun ishlamoqda.
Shu sababli, "Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan avariyaviy brigadalar faoliyati ikki smenada tashkil etilgan. Tizim barqarorligini saqlash, iste’molchilarga elektr energiya yetkazib berish uzluksizligi hamda elektr qurilmalar sozligini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Xususan, elektr tarmoqlarida favqulodda holatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun hududlarda tunu kun ishlaydigan 956 ta avariyaviy brigadalar tashkil etilib, ularga 335 ta maxsus texnika va 760 ta avtotransport biriktirilgan.
[gallery-10244]
O‘zA