Qahramonlar xotirasi barhayot
FOTOREPORTAJ
Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari harbiy xizmatchilari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Vatanimiz sarhadlarini mardonavor qo‘riqlab, el-yurt osoyishtaligi yo‘lida jonini fido etgan qahramonlarning oila a’zolari, urush qatnashchilari hamda faxriylar holidan xabar olishmoqda.
Ana shunday mardlik va jasorat timsoli bo‘lgan o‘g‘lonlarimizdan biri, serjant Dilshod Asanovning xonadonida harbiy xizmatchilar hamda oila a’zolari qahramonning bolalik chog‘larini, kasbini qanchalar sevganini yodga olishdi.
Sharqiy harbiy okrugiga qarashli barcha garnizonlarda xizmat vaqtida halok bo‘lgan harbiylar oilalariga mudofaa vazirining tegishli buyrug‘iga asosan moddiy yordam puli va bayram sovg‘alari topshirilmoqda.
[gallery-21246]
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA