Qahramonlar jasorati unutilmaydi
Vatan tinchligi, xalq osoyishtaligi va insonlar hayotini qutqarish yo‘lida o‘z jonini fido qilgan mard o‘g‘lonlarning xotirasi el qalbida abadiy yashaydi.
Shunga ko‘ra, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida qahramonlarcha halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va qutqaruvchi xodimlarning oila a’zolaridan xabar olindi.

Samimiy suhbatlar davomida marhumlarning ibratli hayot yo‘li, el-yurt xavfsizligi yo‘lida ko‘rsatgan jasorati va fidoyiligi haqida so‘z yuritilib, ularning porloq xotirasi yod etildi. Tashrif davomida oila a’zolarining holidan xabar olinib, ularga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatildi.

Mardlik ko‘rsatib halok bo‘lgan bunday xodimlarning xotirasiga ehtirom ko‘rsatish hamda ularning yaqinlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash davlat va vazirlik rahbariyatining doimiy e’tiboridadir.

Insonlar hayotini asrab qolish uchun olov va suv ichiga qo‘rqmay kirgan, ammo o‘z xizmat burchini bajarish vaqtida qahramonlarcha halok bo‘lgan FVV xodimlarining nomlari va ko‘rsatgan jasoratlari hech qachon unutilmaydi.
G.Boboyeva, O‘zA