Qadimiy jarqoʻrgʻon minorasi
Jarqoʻrgʻon minorasi – Surxon vohasidagi qadimiy meʼmoriy yodgorliklardan.
Jarqoʻrgʻon minorasi – Surxon vohasidagi qadimiy meʼmoriy yodgorliklardan.
Minora Jarqoʻrgʻon tumani Minor qishlogʻida joylashgan boʻlib, hijriy 503-yil, milodiy 1108-1110-yillarda bunyod etilgan. Qurilgan vaqtdagi balandligi 42-43 metr boʻlgan minoraning hozirda saqlanib qolgan qismi 21,6 metrni tashkil etadi.
Jarqoʻrgʻon minorasi qurilishida oddiy gʻisht, ravoqlar va epigrafik hoshiyalar juda ustalik bilan qoʻllanilgan, minoraning 8 qirrali kursi markazida ravoqli taxmonchalar ishlangan, eshik orqali minora ichki qismidagi aylanma zinaga chiqiladi. Barcha minoralar kabi bu minora ham gumbazsimon muazzinxona bilan yakunlangan. Ravoqlar ustida kufiy yozuvli belbogʻ hoshiya bor. Obidaning qurilish uslubi meʼmoriy-badiiy yechimiga koʻra, Shimoliy Hindiston va Xuroson minoralariga yaqin turadi.