Qadimiy hunarga yangiça sayqal
Qoraqalpoğiston Respublikasi Çimboy tumani Berdaq nomidagi mahallada istiqomat qiluvçi Nagima Smetullayeva milliy hunarmandçilik anʼanalarini davom ettirib, ularni yoş avlodga örgatib kelayotgan mohir hunarmandlardan biri.
U bir neça yildan buyon qoraqalpoq xalqining qadimiy hunarlaridan biri — kaştaçilik bilan şuğullanadi. Milliy naqşlar bilan bezatilgan liboslar, turli buyumlar va hunarmandçilik namunalarini yaratib kelmoqda.
Nagima Smetullayeva asosiy kasbi böyiça pedagog. U Çimboy tumanidagi ixtisoslaştirilgan maktabda tasviriy va amaliy sanʼat fanidan dars beradi. Öquvçilarga sanʼat sirlarini örgatiş bilan birga, ularning milliy hunarmandçilikka bölgan qiziqişini oşirişga ham alohida eʼtibor qaratadi.
Hunarmand kaştaçilikdan taşqari, quroq körpaçalar tikiş, turli esdalik buyumlari va suvenirlar tayyorlaş bilan ham şuğullanadi. Sönggi yillarda misdan milliy taqinçoqlar yasaşni ham özlaştirib, faoliyat yönalişlarini kengaytirdi.
Joriy yilda Toşkent şahrida «HAMROH» xotin-qizlar tadbirkorligini qöllab-quvvatlaş kompaniyasi tomonidan taşkil etilgan treningda iştirok etib, tadbirkorlik böyiça bilim va könikmalarini oşirdi. Şuningdek, faoliyatini kengaytiriş maqsadida bankdan 100 million söm imtiyozli kredit oldi. Mazkur mablağ yangi turdagi mahsulotlar tayyorlaş va işlab çiqariş hajmini oşirişga yönaltirilmoqda.
[gallery-32338]
Nagima Smetullayeva öz mahoratini boşqalarga ham örgatib kelmoqda. Xususan, mahalladagi bir neçta işsiz xotin-qizga kaştaçilik va boşqa hunarmandçilik yönalişlari böyiça saboq beryapti.
Şu tariqa u milliy hunarmandçilik anʼanalarini asrab-avaylaş va kelgusi avlodlarga yetkaziş bilan birga, xotin-qizlarning kasb-hunar egallaşi hamda daromad topişiga kömaklaşmoqda.
Maqsad HABIBULLAYEV (surat), ÖzA