Qadimiy Buxoro — sayyohlar uchun jozibador manzil
FOTOREPORTAJ
Yozning jazirama kunlariga qaramay, qadimiy Buxoro shahri mahalliy va xorijiy sayyohlar bilan gavjum. YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan tarixiy markazdagi me’moriy obidalar, muqaddas qadamjolar va sayyohlik maskanlari mehmonlarni o‘ziga jalb etmoqda.
Sayyohlar Ark qo‘rg‘oni, Poi Kalon majmuasi, Labi Hovuz ansambli va boshqa tarixiy obidalar bilan tanishar ekan, Buxoroning ko‘p asrlik tarixi, boy me’moriy merosi va milliy qadriyatlarini yaqindan kashf etmoqda. Qadimiy madrasalar, masjidlar, minoralar va tor ko‘chalar shaharning o‘ziga xos qiyofasini namoyon etib, mehmonlarda unutilmas taassurot qoldirmoqda.
[gallery-30436]
Bugungi kunda Buxoro nafaqat tarixiy-me’moriy yodgorliklari, balki mehmondo‘stligi, milliy hunarmandchiligi va boy madaniy merosi bilan ham yurtimizga tashrif buyurayotgan sayyohlarni o‘ziga rom etmoqda.
Quyosh tafti bag‘ridagi Buxoro o‘zining betakror muhiti, tarixiy obidalari va boy madaniy merosi bilan har bir tashrif buyuruvchi qalbida yorqin xotira qoldirmoqda.
Tohir ISTATOV(surat),O‘zA